Turkiyaning Antaliya viloyati Manavgat tumanida avtomobilga öq uzgan ikki Özbekiston fuqarosi hibsga olindi. Bu haqda Antalya Ekspres naşri xabar berdi. Voqea tumanning Ilja mahallasida sodir bölgan.
Yöl çetidagi hujum
Naşr maʼlumotiga köra, A.E.K. ismli erkak Zeytinlik hududida telefonda gaplaşiş uçun maşinasini yöl çetida töxtatgan. Şu payt mototsiklda ikki kişi kelgan. Ikkovi ham yuzini niqob bilan berkitib olgan, ular haydovçidan maşinadan tuşişni talab qilgan.
Haydovçi notaniş kişilardan şubhalanib, tuşmagan. U maşinani orqaga yurgizib, qoçişga uringan. Şunda hujumçilar avtomobilga orqa tomondan öq uzgan. Keyin ular voqea joyidan tez ketib qolgan.
Hodisadan söng erkak 112 tezkor çaqiruv markaziga qönğiroq qilgan. Joyga jandarmeriya xodimlari yetib kelgan.
Gumonlanuvçilar qanday topildi
Hujumçilarni aniqlaş bilan Manavgat tuman jandarmeriya qömondonligi, Kumköy jandarmeriya bölinmasi va jandarmeriyaning maxsus tergov guruhi (JASAT) şuğullangan. Tergov guruhi 30 ta xonadon va tadbirkorlik obʼektidagi kuzatuv kameralarining 72 soatlik yozuvini körib çiqqan.
Natijada hujumni Özbekiston fuqarolari Kamronbek Abdurasulov va Eröl Kamol Pusat uyuştirgani aniqlangan. Ikkovini ham qölga olişgan. Ularga jamoat xavfsizligiga tahdid soliş, mulkka zarar yetkaziş va qurol bilan qasddan jarohat yetkazişga uriniş ayblari qöyilgan. Yana haqorat qiliş va 6136-sonli qonunni (qurol muomalasini tartibga soluvçi qonun) buzişda ham ayblanmoqda.
Sud qaroriga köra, gumonlanuvçilar hibsga olinib, Manavgatdagi yopiq qamoqxonaga joylaştirilgan.
Hujum kameralarga ham tuşib qolgan. Tasvirlarda ikki kişi mototsiklda avtomobil ortidan qaytib kelgani körinadi. Ular haydovçi qoçayotganda öq uzadi, söng voqea joyidan qoçib ketadi. Hujumning sababi hozirça maʼlum qilinmagan.









