Avvalroq, Toşkent şahridagi “Jar” stadionida blogerlar va sanʼatkorlar örtasidagi futbol turnirida ommaviy janjal çiqqani xabar qilingan edi. Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 29 may kuni taxminan soat 21:00 larda Şayxontohur tumani “Jar” öyingohida LikeCup loyihasi doirasida sanʼatkorlar va blogerlar örtasida futbol böyiça örtoqlik uçraşuvi bölib ötgan. Öyin yakunlanganidan söng 2004 yilda tuğilgan O.Ö. ijtimoiy tarmoqlarda obunaçilarini köpaytiriş va uşbu öyinga ommani eʼtiborni yanada köproq jalb qiliş (piar) maqsadida göyoki jamoalar örtasida janjal kelib çiqqanini sahnalaştirişgan.
Mazkur holat yuzasidan Şayxontohur tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş bölimi tomonidan tekşiruv ötkazilib, turnir iştirokçilari bilan profilaktik suhbat ötkazilgan. LikeCup loyihasi doirasida yuz bergan yuqoridagi holat jamoatçilik örtasida keskin eʼtirozlar keltirib çiqargani va huquqbuzarlik sodir etilişiga sabab bölgani uçun loyiha vaqtinça töxtatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan loyiha taşkilotçilari, uşbu janjalni sahnalaştirganlar va unda iştirok etganlarning barçasining şaxsi aniqlanib, ularga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli moddalari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilib, töplangan hujjatlar qonuniy çora körişlik uçun jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tumani sudiga yuborilgan.









