Ilon Maskning navbatdagi loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi

Ilon Maskning navbatdagi loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi

«SpaceX» aerokosmik kompaniyasining 49 ta sunʼiy yöldoşini koinotga olib çiqqan «Falcon 9» raketasi vazifani muvaffaqiyatli yakunlagani maʼlum qilindi.

Raketa Florida yaqinidagi Atlantika okeani qirğoğidagi stantsiyaga qöngan. Bu haqda «Space.com» xabar qildi.

Sinov parvozlari ikki bosqiçda ötkazilgan. Parvozga javobgar olimlarga köra, «Falcon 9» taxminan 15 daqiqada 49 ta sunʼiy yöldoşni orbitaga joylaştirgani tasdiqlandi.

Uşbu missiya natijasida «Falcon 9» raketasi 10-marta muvaffaqiyatli uçirildi va yerga qöndi.

Oxirgi missiya bilan Starlink loyihasining sunʼiy yöldoşlari soni ikki mingdan oşib ketgan. «SpaceX» jami 12 ming sunʼiy yöldoşni uçiriş ruxsatiga ega.

Eslatib ötamiz, «SpaceX» milliarder Ilon Maskka tegişli.

×