Keça, 29 may kuni Toşkent şahridagi “Jar” stadionida ötayotgan LikeCup turnirida sanʼatkorlar va blogerlar örtasida ommaviy janjal kelib çiqdi. Mojaro “Sport” telekanali efirida jonli uzatildi.
Bir neça kundan buyon Toşkent şahrida ötayotgan yulduzlar örtasidagi LikeCup futbol turnirida ommaviy janjal çiqdi. Sanʼatkorlar va blogerlar örtasida keçgan bahs yakunida 1:0 hisobi qayd etilgan. Ğolib jamoa vakillaridan biri mağlub jamoa vakillaridan birining boşini turtgan. Şundan söng ommaviy janjal boşlanib ketgan.
Turnir taşkilotçilaridan biri Alişer Uzoqovning aytişiça, janjal avvaldan rejalaştirilgan piar bölgan, biroq vaziyat nazoratdan çiqib ketgan va u muştlaşuvga aylangan.
“Katta bollar” jamoasi tomonidan kiçik piar rejalaşitirilgandi, ammo şu kiçik piar nazoratdan çiqib ketgandek böldi va ommaga boşqaçaroq körinişda tarqaşni boşladi. Şuni maʼlum qilamanki, bugungi bölib ötgan biroz noqulayroq vaziyatda heç kim tan jarohati olgani yöq. Lekin vaziyat mana şunaqa tus olib ketişini heç kim kutmagan edi”, deydi u.
Mojaro “Sport” telekanali jonli efirida namoyiş etildi va öşa paytda efir uzilmadi. Hozirça huquq-tartibot organlari tomonidan voqea haqida maʼlumot berilmadi.









