Bloger va sanʼatkorlarning janjaliga sabab bölgan LikeCup qayta tiklandi

Bloger va sanʼatkorlarning janjaliga sabab bölgan LikeCup qayta tiklandi

Turnir öz faoliyatini yakunlamagan hamda töxtab qolgan bosqiçdan davom etadi. Faqatgina turnir içida baʼzi özgarişlar amalga oşiriladi. Unga köra:

  • “Kotta Bolla” jamoasi turnirdan çiqarib yuboriladi;
  • “Malades” jamoasidan 3 nafar futbolçi ham turnirni tark etadi. Ular Abdurahmon Mavlonov, Mirjalol Rahmonaliyev va Umar Sobirovlardir.

Şu bilan birga, moderator har bir jamoa qonunlarga, intizomga va reglamentga töliq amal qilişi haqida tilxatga imzo qöyişi şartligini ham aytib ötdi. 

LikeCup mojarosi

Uşbu voqea joriy yilning 29 may kuni Toşkent şahridagi “Jar” stadionida sodir bölgandi. Mojaro “Sport” telekanali efirida jonli uzatilgan.

Sanʼatkorlar va blogerlar örtasida keçgan bahs yakunida 1:0 hisobi qayd etilgan. Ğolib jamoa vakillaridan biri mağlub jamoa vakillaridan birining boşini turtgan. Şundan söng ommaviy janjal boşlanib ketgan.

Turnir taşkilotçilaridan biri Alişer Uzoqovning aytişiça, janjal avvaldan rejalaştirilgan piar bölgan, biroq vaziyat nazoratdan çiqib ketgan va u muştlaşuvga aylangan. Keyinçalik töpolonni boşlagan bloger ham bu iddaoni tasdiqlagan va bularning barçasi obunaçilarni köpaytiriş uçun qilinganini aytgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudining sayyor sud majlisi bölib ötgan hamda unda qoidabuzarlarga nisbatan sud qarori qabul qilingan. Jumladan, turnir taşkilotçisi bölgan aktyor Alişer Uzoqov, qiziqçi Abdurahmon Mavlonov, blogerlar Mirjalol Rahmonaliyev hamda Dilşodbek Örozboyev Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 194-moddaning (içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan va ularning har biriga bazaviy hisoblaş miqdorining 10 barobari (3 mln 750 ming söm) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Janjalni keltirib çiqargan Ozodbek Örozboyev esa Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi hamda 194-moddaning 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan. Qolaversa, Kamoliddin Mamajonov ham Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi hamda 194-moddaning 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va bazaviy hisoblaş miqdorining 12 barobari (4 mln 500 ming söm) miqdorida jarimaga tortilgan.


×