Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni Toşkent metrosining Sergeli yönalişining oçilişi davomida ommaaviy axborot vositalariga yana bir bor rahmat aytib, ularning davlatga duşman emas, döst ekanini taʼkidladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Ommaviy axborot vositalariga rahmat. Ular davlatimizga duşman emas, döst. Ular baland ovozda adolatni, haqiqatni aytib turmasa, rahbarlarning darrov oyoği yerdan uzilib qoladi. Xalqimiz, uyingga eski töningni ilib qöyib, kimligingni unutma, deganidek, hamma rahbarlar şu elning farzandi, vakili ekanini doim yodda tutişi kerak. Yurtimizdagi tinçlikning qadriga yetib, xalqimizga munosib şaroit yaratişimiz zarur”, deydi Prezident.
Şuningdek, taşrif davomida bozorlarda narx-navo barqarorligini taʼminlaş, energiya quvvatlarini köpaytiriş böyiça körilayotgan çoralar aytib ötilgan.
Eslatib ötamiz, 25 dekabr kuni Şavkat Mirziyoyev Özbekiston yoşlar forumidagi iştiroki davomida ham ommaviy axborot vositalari haqida söz oçib, ularning islohot va qarorlarga katta kömak berayotgani haqida gapirgandi.
“Bugun men aytib ötgan oilaviy ajrimlar, maʼnaviyat, maʼrifat, internet böyiça muammolar köp. Özbekiston endi oçildi, orqaga yölimiz yöq.
Yana bir marta taʼkidlamoqçiman, ommaviy axborot vositalari törtinçi hokimiyat böliş nuqtai nazaridan kimgadir yoqmaydi.
Ammo oxirgi bir yil içida jurnalistlar, blogerlar va yoşlarning ijtimoiy tarmoqlarda çiqqan ovozlari bizning islohotlarimiz va qarorlarimizga katta kömak beryapti, bu haqiqat.
Yoqadimi, yoqmaydimi, ularni eşitişga majburmiz. Töğrisini eşitib, xulosa çiqaramiz, notöğrisini töğri yölga soliş — burçimiz, vazifamiz”, degandi Şavkat Mirziyoyev.









