“Qonun doirasida” loyihasini yuritgan yurist Furqat Rözmetov va uning xodimi Azamat Avezov qator jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib qölga olindi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, ular bir qator fuqarolarning huquqni muhofaza qiluvçi organlarga qilgan murojaatlari yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari natijasida qölga olingan.
Gumonlanuvçilar – 1980 yilda Urganç şahrida tuğilgan Furqat Sultonnazaroviç Rözmetov va 1992 yilda Urganç tumanida tuğilgan Azamat Rözimboyeviç Avezov va boşqalarga nisbatan Urganç şahar Içki işlar boşqarmasi huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining qator moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Jumladan:
- 139-moddasi 3-qismi “a,g” bandlari (tuhmat);
- 165-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari (tovlamaçilik);
- 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari (firibgarlik);
- 198-moddasi 3-qismi (ekinzorlarni, örmonlarni, daraxtlarni yoki boşqa ösimliklarni şikastlantiriş yoxud nobud qiliş);
- 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş);
- 229-moddasi (özboşimçalik);
- 244-6-moddasi 3-qismi “y” bandi (yolğon axborot tarqatiş).
Bildirilişiça, mazkur iş doirasida Furqat Rözmetov va Azamat Avezov ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.
Joriy yilning 16 yanvar kuni “Taftish.uz” saytining 4 nafar xodimi tovlamaçilik va firibgarlikda gumonlanib qölga olingan edi. Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik) va 168-moddasida (firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, 1988 yilda tuğilgan Ğayrat Aberayev hamda “Taftish.uz” Ommaviy axborot vositasi xodimlari 1992 yilda tuğilgan Azizjon Yuldaşev, 2000 yilda tuğilgan Sardor Hamidov, 2006 yilda tuğilgan Marjona Eşquvvatova hamda 1998 yilda tuğilgan Dilşod Nişonovlar protsessual tartibda uşlangan. Hozirda ularning qöşimça ravişda Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) hamda 244-6-moddasida (yolğon axborot tarqatiş) körsatilgan jinoyatlarga aloqadorliklari tekşirilmoqda.
Şuningdek, keyinroq Özbekistonda “Xalqparvar Guruhi” jurnalisti 4 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. U Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “g” bandi, 140-moddasi (haqorat qiliş) 3-qismi “a” bandi, 165-moddasi (tovlamaçilik) 1-qismi, 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş) 1-qismi, 227-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallaş, nobud qiliş, ularga şikast yetkaziş yoki ularni yaşiriş) 2-qismi “a” bandi va 244-6-moddasi (yolğon axborot tarqatiş) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.









