IShID terroristik tashkiloti 6-noyabr kuni Tojikiston—O‘zbekiston chegarasidagi “Ishqobod” postiga uyushtirilgan qurolli hujum uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda terrorchilarning internet tarmog‘idagi faoliyatini kuzatib boruvchi portalga asoslanib “Interfaks” xabar bergan.
5-noyabrdan 6-noyabrga o‘tar kechasi 20 nafar jangarilar Dushanbedan 60 kilometr uzoqlikdagi “Ishqobod” postining “Sultonobod” harbiy otryadiga hujum qilgan, to‘qnashuv natijasida noma’lum shaxslar chegarchilarning avtomatlarini egallab olgan, xavfsizlik xodimlari o‘tkazgan tezkor maxsus harbiy operatsiya davomida qurollangan jinoiy guruhning 15 nafar a’zosi yo‘q qilingan va 5 nafar jangari qo‘lga olingan.
Jangarilar so‘roq qilinganidan keyin ularning Afg‘oniston hududidan qochib o‘tgan IShID terrorchilari ekanligi aniqlangan. Hujum uyushtirganlarning barchasi Tojikiston fuqarolari bo‘lgani, qo‘lga olingan va halok bo‘lganlar orasida ayollar ham borligi xabar qilindi. Afg‘oniston hukumati vakillari IShID terrorchilarining mamlakat hududidan Tojikistonga o‘tib, 6-noyabrda chegara postiga hujum uyushtirganini inkor etdi.
8-noyabr kuni Tojikiston bosh prokuraturasi chegara postiga uyushtirilgan hujum yuzasidan jinoyat ishi ochgan, O‘zbekiston chegarachilari esa terrorchilik hujumidan so‘ng Tojikiston bilan chegaradosh hududlarni qo‘riqlashni kuchaytirgan. Tojikiston chegara postiga uyushtirilgan hujumning yangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Avval hujum natijasida halok bo‘lgan Tojikiston harbiylarining soni rasman e’lon qilinganidan ko‘proq ekani ma’lum bo‘lgandi. Halok bo‘lganlar safiga 7-noyabrda So‘g‘d viloyatida dafn qilingan yana bir harbiy qo‘shildi. U – G‘ofurov tumanida yashagan oddiy askar Naimjon Saidalimov. Uning dafn marosimida ham So‘g‘d viloyati va tuman hokimligi rasmiylari ishtirok etgan. Yana bir oddiy askar G‘anijon Davlatning ham hujumda halok bo‘lgani aytilmoqda, biroq bu hali rasman o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q. Dastlab Tojikiston tomondan halok bo‘lganlar soni 2 nafar edi, keyinchalik ularning 6 nafar ekani ma’lum bo‘lgan. Chegarachilardan 26 yoshli Izatillo Abubakr, Dilovor Tolipov, Hofizjon Husainov, Naimjon Saidolimov, G‘anijon Davlat va bir nafar uchastka noziri, militsioner Bahrom Shahzoda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Тасодифий хабарлар
Қашқадарёда севган қизининг уйига борган йигит пичоқланди
ХТВ: Самарқанд ва Наманганда ўқитувчилар мажбурий меҳнатга жалб этилгани ҳақидаги хабарлар ўрганилмоқда
Жорий ҳафтада Ўзбекистонда қандай об-ҳаво кузатилиши маълум қилинди
Президент Шавкат Мирзиёев: Барча ҳокимларни қатъий огоҳлантираман
Чили тарихидаги энг ёш Президент сайланди