Yoshlarning ushbu ro‘yxatlarda keltirilishi ularning tarbiyasini maktab, mahalla va ota-onalar hamkorligida samarali tashkil etishni nazarda tutadi va hech qanday salbiy ma’noga ega emas, deb iddao qilmoqda hokimlik.
Qo‘qon shahar hokimligi Qo‘qon maktablarida ro‘mol o‘raydigan o‘quvchilar ro‘yxatlari tuzilayotganini tan oldi.
Avvalroq Qo‘qon shahridagi o‘rta maktablar mahalla qo‘mitalari bilan hamkorlikda ro‘molli o‘quvchilar va ularning ota-onalari ro‘yxatini tuzayotgani, bunday oilalar bilan ishlovchi maxsus ishchi guruh tuzilganligi haqida xabarlar tarqagan edi.
“Yoshlarimizning qiziqishlaridan kelib chiqib iqtidorlarini to‘g‘ri yo‘naltirish maqsadida informatsion texnologiyalarga, san’atga va boshqa sohalarga qiziqadigan yoshlarning ro‘yxatlari shakllantiriladi.
Xususan dinga, ro‘mol o‘rashga qiziqadigan maktab o‘quvchilarining ro‘yxati ular o‘rtasida ekstremistik g‘oyalar tomir otishining oldini olish, muqaddas dinimizning asl mohiyatini tushuntirish, yoshlarni, avvalambor, bilim olishga qiziqishlarini oshirish maqsadida tuziladi”, deyiladi hokimlik matbuot xizmatining tarqatgan bayonotida.
Bayonotda aytilishicha, bu ro‘yxatlarning mahallaga taqdim etilishi “ta’lim-tarbiya ishlariga yoshlarning ota-onalarini ham jalb qilishni nazarda tutadi” va mahalla fuqarolari yig‘inlari raislarining yoshlar hamda diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlarining vazifasiga kiradi.
Yoshlarning ushbu ro‘yxatlarda keltirilishi ularning tarbiyasini maktab, mahalla va ota-onalar hamkorligida samarali tashkil etishni nazarda tutadi va hech qanday salbiy ma’noga ega emas, deb iddao qilmoqda hokimlik.
Ushbu ro‘yxatlardagi yoshlarning ota-onalariga farzand tarbiyasi bo‘yicha tavsiyalar berilar ekan.
Huquqiy asos
Ayni paytda, O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilarning bosh kiyimda darsga kirishi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan taqiqlangan.
2018-yilning 15-avgustida qabul qilingan 666-sonli "Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorning 7-bandida shunday deyiladi:
"7. O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno".
- HIJOB
- MAKTAB
- HIJOB MASALASI
Тасодифий хабарлар
Энергетика вазирлиги метан заправкаларга газ етказиб бериш чекланганини рад этди
Санъаткор Ҳалима Ибрагимованинг синглиси қамоққа олинди
Телевидениеда чироқ ўчиб, эфир 1 соатга узилиб қолди
Наманганда бир кечада иккита ЙТҲда 4 киши вафот этди
ОТБ соғлиқни сақлаш тизимини мустаҳкамлаш учун Ўзбекистонга $100 млн ажратади