Ijtimoiy tarmoqlarda itlarning zaharlab o‘ldirilishi voqeasi keng muhokama va e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Itlarni davolash, ro‘yxatga olish va o‘z vaqtida emlab borish vazifasi hisoblangan Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, Samarqand shahar veterinariya bo‘limi Siyob vet uchastka mudiri lavozimidan ozod etildi.
Qarovsiz hayvonlarning zaharlangan xo‘rak bilan o‘ldirilishi, shuningdek, avtomobilda itlarni urib o‘ldirish tasvirlari tarqalgach, ijtimoiy tarmoqlarda bu keng muhokama va e’tirozlarga sabab bo‘ldi.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning Telegram-kanalida ushbu masala yuzasidan munosabat bildirildi.
Ikki mas’ul ishdan olindi
Itlarning zaharlab o‘ldirilishi Samarqand shahridagi “Istiqbol” mahallasida sodir etilgan. Ushbu hodisani itlarni o‘ldirish bilan emas, aksincha, ularni davolash, ro‘yxatga olish va o‘z vaqtida emlab borish kabi vazifalar bilan shug‘ullanishi zarur bo‘lgan Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mas’ullari amalga oshirganligi aniqlangan.
O‘rganish natijalaridan kelib chiqib Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i O.Allamurodov hamda Samarqand shahar veterinariya bo‘limi Siyob vet uchastka mudiri U.Rajabovlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan. Ular egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
O‘rganish ishlari bilan prokuratura shug‘ullanadi
Mazkur holat yuzasidan aybdorlarga nisbatan qonuniy qaror qabul qilinishini ta’minlash maqsadida o‘rganish natijalari viloyat prokuraturasiga yuborilgan, Samarqand viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda uning quyi bo‘limlari rahbarlari, vet uchastka mudirlari esa qat’iy ogohlantirilgan.
Viloyat hokimligi xabar so‘ngida samarqandliklarga murojaat barcha samarqandliklarga murojaat qilib, shu kabi noqonuniy hatti-harakatlarga guvoh bo‘lganda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar, Telegram messenjeri yoxud 1177 ishonch telefoni orqali hokimlikni xabardor qilishga hamkorlikka chaqirgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyul “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 202-sonli qarori bilan qarovsiz itlarni tutish bilan joylarda obodonlashtirish boshqarmasi huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlari shug‘ullanishi belgilangan.
Тасодифий хабарлар
Коррупция – жамият кушандаси
Бухорода бир йўла 32 нафар бемор тўлиқ соғайди
Ўғирланган автомашина техник соз ҳолда топилди
Senator va deputatlardan to‘y-ma’rakalarni tartibga solishga navbatdagi urinish
Россия ҳарбий кучлари чегара орқали ҳужумни бошлади – Украина