Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani IIB boshlig‘ining fermerlarga nisbatan harakati yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etdi.
Joriy yilning 24-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Kasbi tumani IIB boshlig‘ining fermerlarga nisbatan harakati yuzasidan tarqatilgan video va matnli materiallar bo‘yicha viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilayotgani haqida rasmiy ma’lumot berilgan edi.
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, xizmat tekshiruvi yakuniga ko‘ra Kasbi tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Ch.Kucharov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, Kasbi tuman IIB boshlig‘i dala seminarida 11 kishiga kishan taqqani, seminarda qatnashmagan fermerga xodim yuborib, tanobini tortmoqchi bo‘lgani xabar berilgan edi.
Тасодифий хабарлар
Спикер ўринбосари ва Наманган шаҳар хокими Намангандаги йирик корхона фаолияти билан танишишди
Қозоғистонда талончилар режиссёр ва мусиқачи Сакен Битаевни талончилар ўлдирди
Наманганда имом домлалар кам таминланган оилалар ҳолидан хабар олишди
Фарғонада автомобилларга газ қуйиш шохобчасида ёнғин содир бўлди
Ўзбекистонда 2023 йил энг кўп қўйилган исмларни биласизми?