O‘zbekiston tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasi safdori I.U. mahbus Abdurazzoq Qodirovning o‘limiga aloqadorlikda gumon qilinib, 25-sentabrda hibsga olindi. Bu haqda Togri.uz internet nashri xabar berdi.
OAVda Beshariq tumanida (Farg‘ona viloyati) “Damas” haydovchisi bo‘lgan 61 yashar Abdurazzoq Qodirov tergov hibsxonasida kaltaklangani ortidan uyida 19-sentabr kuni o‘lgani haqida xabar tarqagan edi. U o‘limidan bir soat oldin Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani IIB tergov hibsxonasidan olib kelingan.
Bezorilikda ayblanib 10 sutka ma’muriy qamoq jazosini o‘tayotgan Qodirov “qoramol o‘g‘irligi bo‘yicha jinoyatni o‘z zimmangga olasan, deya kaltaklangani ortidan o‘lgan" deb aytilgan xabarlarda.
Mahbus tashqi va ichki tan jarohatlari bilan vafot etganligi yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan JKning 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov haqiqatdan ham 16-sentabrda VSH safdor xodimi I.U. hibsxona hududida Qodirovga tan jaroxati yetkazganligini aniqlagan. Hozirda VSH safdor xodimi I.U. qamoqqa olingan.
O‘zbekiston tumani IIB tergov hibsxonasi boshlig‘i ham qamoqqa olingani haqidagi xabarlar hozircha tasdiqlanmagan.
Тасодифий хабарлар
Ўзбекистонда 2 кун давомида нотариуслар фаолият кўрсатмаслиги маълум қилинди
ИТБ электрон тўлов платформасини ишга туширди
АҚШ–Мексика чегарасида «ажал қопқони» ўрнатилди
Яна бир ўзбек аёли Туркияда даҳшатли ўлим топди. Қотил бегона эмас
Наманганда коронавирусни даволаш ва тақсимлаш маркази қайта тикланди