Endi Facebook foto, video va statuslarga qo‘yilgan layklar sonini ko‘rsatmaydi. Bu foydalanuvchilar orasida raqobat va kam layk yig‘ganlardagi ruhiy jarohatni oldini olish uchun ishlab chiqildi.
Facebook ijtimoiy tarmog‘i layk hisoblagichni olib tashlashi mumkin, deb xabar beradi Techcrunch.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarni hasad va o‘zini boshqalar bilan taqqoslab, ruhiy jarohat olishdan himoya qilish uchun layklar sonini yashirishni rejalashtirmoqda.
Androiddagi prototip
Facebook o‘zining Android ilovasida yashirin layklar prototipini yaratgani ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, postga layk qo‘ygan umumiy do‘stlarning nomi ko‘rsatiladi, ammo umumiy son ko‘rsatilmaydi.

Avvalroq, Instagram ijtimoiy tarmog‘i ham 7 ta mamlakatda layklar sonini ko‘rsatmaslikni yo‘lga qo‘ygani haqda xabar bergan edik.
Тасодифий хабарлар
Хитойликлар Қирғизистонда болаларни ўлдириб, жасадларини егани ростми? (видео)
ДХХ Ургутда ноқонуний ер сотиш ҳолатига чек қўйди
БАА аэропортида ушлаб турилган ўзбекистонликлар бўйича расмий маълумот берилди
Андижондаги “Дунё садолари” фестивалига 6 миллиард сўм маблағ сарфланди
Мирзиёев бевосита томоша қилган беллашувда Давлат Бобонов жаҳон чемпиони бўлди