Kun.uz saytida 6 sentyabr kuni "1000 ta jöja bilan beş oyda kambağalçilikdan çiqiş mumkinmi?" sarlavhasi ostida maqola eʼlon qilingandi.
Unda Pastdarğom tumani "Qöqoni" mahallasidagi bir oilaga kambağalçilikdan çiqişda yordam körsatilgani haqida söz borgan. Xususan, Doston Tirkaşev tadbirkorlikni boşlagani, otasi esa xorijda işlab yurgani haqida maʼlumot ketgan. Pastdarğom tumani hokimligining taʼkidlaşiça, aslida, mahalla oqsoqoli mahallasida kambağallik böyiça qilingan işlarni örganişga kelgan muxbirga yolğon maʼlumot bergan. Yaʼni, rais öz xonadoniga kirib, bu kam taʼminlangan oilaning uyi, degan.
Uşbu holat tegişli tartibda tanqidiy muhokama etiladi va jiddiy xulosa qilinadi, deydi tuman hokimligi.









