Joriy yilning, 25 noyabr kuni Özbekiston Milliy olimpiya qömitasining Boş assambleyasi bölib ötdi va unda taşkiliy masala körib çiqildi. Milliy olimpiya qömitasi raisi lavozimiga Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surildi va bir ovozdan saylandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov maʼlum qildi.
Şuningdek, Boş assambleya MOQ raisining birinçi örinbosari lavozimiga Otabek Umarovni, rais örinbosari lavozimiga Şerzod Taşmatovni, qömita boş kotibi lavozimiga Oybek Qosimovni sayladi.

Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov, Prezident Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abduraxmanov, Sport vaziri Adham Ikramov, Boş assambleya aʼzolari, şuningdek, federatsiya va assotsiatsiyalarning masʼullari ham qatnaşdi.









