COVID-19 yuqtirib olgan taxminan har beş bemorning biri boşqa nafas oliş viruslari bilan kasallangan. Uşbu xulosaga AQŞdagi Stenford universiteti tibbiyot markazining mutaxassislari keldi. Ularning taʼkidlaşiça, ORVI bilan oğriganlar koronavirusga yöliqmaydi, degan gaplarning bari afsona.
Bundan taşqari, favqulodda vaziyatlar bölimiga nafas oliş kasalligi alomatlari bilan qabul qilingan bemorlarning har öntadan biri COVID-19 bilan kasallangan.
Italiyalik virusolog Roberto Bourioni yozning issiq kunida koronavirus yöqoladi, degan gap-sözlarni çöpçak deb baholadi. Mutaxassisning taʼkidlaşiça, virusga qarşi kuraşda baʼzi davlatlar joriy qilganidek, çeklov çoralarigina samara beradi.
Moskva viloyati soğliqni saqlaş vazirligining ştatdan taşqari boş mutaxassisi Irina Şilkinaning maʼlum qilişiça, nafasni 10-15 sekund uşlab turib, kişida koronavirus bor-yöqligini biliş mumkin, degan gaplar ham quruq safsata.
manba: qalampir.uz









