2020 yil 28 mart kuni Qöqon şahar, A.T.Xuqandiy mavzesida yaşovçi X.N. (1979 y.t., xususiy korxona rahbari, Xalq deputatlari Qöqon şahar kengaşi deputati) Respublika Maxsus komissiyasining karantin qoidalarini qöpol ravişda buzib, “Telegram” ijtimoiy tarmoğida oçilgan guruhlar aʼzolariga Qöqon şahrida 2 nafar şaxsda “Koronavirus” kasalligi aniqlanganligi va ular karantinga olinganligi haqida jonli tarzda audio yozuvi orqali haqiqatga töğri kelmaydigan uydirma va yolğon maʼlumotlarni tarqatgan.
Mazkur holat yuzasidan Qöqon şahar prokuraturasi tomonidan 31.03.2020 yil kuni X.N.ga nisbatan JKning 244-5-moddasi (Karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar tarqalişi haqida haqiqatga töğri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









