Eronning Iroqdagi AQŞ bazalariga raketa hujumi natijasida avval aytilganidek heç bir amerikalik jabrlanmay qolmagan. Hujumda 11 nafar amerikalik harbiy jabrlangan, ularda miya çayqalişi aniqlangan. Bu haqda AQŞ Markaziy qömondonligi maʼlum qildi.
Raketa hujumidan keyin 11 kişi Quvayt va Germaniyada davolaniş kursidan ötgan.
“8 yanvar kuni Eronning Ayn al-Asad bazasiga hujumi vaqtida AQŞ harbiylaridan birontasi ham halok bölmadi. Baʼzilar portlaşdan keyin miya çalqalişi uçun davolandi”, degan AQŞning Markaziy qömondonligi vakili kapitan Bill Urban.
Eslatib ötamiz, AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eronning Erbildagi harbiy obʼekt va Ayn al-Asad bazasiga hujumi natijasida bironta ham amerikalik jabrlanmaganini maʼlum qilgandi. Eron OAV esa hujum vaqtida 80 nafar amerikalik halok bölganini iddao qilgandi.
Eron harbiy bazaga hujum general Qosim Sulamoniyning ölimi uçun javob ekanini maʼlum qilib, Amerika yana hujum qilsa, javob berilişini bildirgandi.









