Tailandda qoyaga kötariliş taqiqlanganiga qaramay, şarşara yonida suratga tuşiş uçun balandlikka kötarilgan Özbekiston fuqarosi halok böldi. Bu haqda mahalliy Nilight Kapook naşri xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, 22 yoşli özbekistonlik Abdulloh Soipov Tailand janubidagi şarşara yonida tik jarlikdan qulab vafot etdi.

Jabrlanuvçining döstlari zudlik bilan qutqaruvçilar va şifokorlar guruhini çaqirişdi, ammo yigit boş qismidan olgan oğir jarohat tufayli vafot etdi.
Marhumning pasporti tekşirilgandan söng, u Pxuketdagi Pranta Xanvi fondida köngilli sifatida faoliyat yuritgani va 2020 yil 25 noyabrgaça amal qiladigan tegişli vizaga ega bölgani aniqlandi. Ayni paytda uning hamkasblari va döstlari politsiya tomonidan söroq qilinmoqda. Marhumning jasadi ölimning haqiqiy sababini aniqlaş uçun Ranong kasalxonasiga yuborilgan.
Voqea töğrisida Tailanddagi Özbekiston elçixonasiga xabar berilgan, deb yozadi naşr.









