Qozoğistonda masjidda portlaş sodir böldi. Oqibatda 3 kişi halok böldi

Qozoğistonda masjidda portlaş sodir böldi. Oqibatda 3 kişi halok böldi

Qozoğistonning Oqmola viloyatida eski masjid binosida yuzaga kelgan gaz portlaşida ikki nafar katta yoşdagi odam va bir bola halok böldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar departamentiga tayanib, “Tengrinews” xabar berdi.

Naşrga köra, 1978 yilda tuğilgan erkak vafot etgan. Qutqaruvçilar vayronalar ostidan 1983 yilda tuğilgan ayol va 2012 yilda tuğilgan bolaning jasadini ham topgan. Tez yordam brigadasi 16 jabrlanuvçini Ostona şahar şifoxonasiga yetkazgan.

“Ayni damda qutqaruvçilar vayronalarni tozalaş işlarini viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining 30 ga yaqin xodimi va 5 birlik texnikasi, şuningdek, tezkor qutqaruv guruhi, tibbiyoti markazi, psixologlar, şahar kinologiya xizmati bilan hamkorlikda olib bormoqda. Yonğin sababini aniqlaş uçun hodisa joyida Oqmola viloyati va Ostona Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining öt öçiriş böyiça tadqiqot-sinov bölimi işlamoqda”, deyiladi xabarda.

Soat 11:37 dagi maʼlumotlarga köra, Oqmola viloyati hokimining birinçi örinbosari Eldos Ramazonov Qörğaljin tumanida sodir bölgan voqea joyiga yetib borgan. Mahalliy ijroiya organlari barça zarur yordamni körsatmoqda.


Teglar:
×