Joriy yilning sönggi uç kuni içida Turkiyada vafot etgan tört nafar Özbekiston fuqarolarining jasadlari mamlakatga qaytariladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasining Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etiş joiz, 11 iyun kuni Istanbuldagi Şimoliy Marmara avtomagistralida sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida özbekistonlik 31 yoşli A.H., uning turkiyalik turmuş örtoği va 2 oylik farzandi halok bölgandi.
Hodisa Çekmeköy mavzesidagi Şimoliy Marmara avtoyölida soat 06:00 atrofida yuz began. Sabiha Gökçen aeroportidan qaytayotgan Sodiq Gunden (29 yoş) boşqaruvidagi yengil maşina xuddi şu yönalişda harakatlanayotgan yuk maşinasining orqasidan borib urilgan. Töqnaşuv oqibatida yengil maşina yuk maşinasining tagiga kirib ketgan. Haydovçi Sodiq Gunden, uning özbekistonlik rafiqasi Aziza Hatamova Gunden (31 yoş) va ularning 2 oylik çaqaloği Timur Xon Gunden maşina içida qisilib qolgan. Ular voqea joyiga yetib borgan öt öçiruvçilar tomonidan çiqarib olingan. Biroq oilaning uç aʼzosi ham hodisa joyida hayotdan köz yumgan.
Keça, 12 iyun kuni Tuzla tumanida yuz bergan yöl-transport hodisasi ortidan 23 yoşli Özbekiston fuqarosi N.M. olgan oğir tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Şuningdek, 13 iyun kuni uzoq vaqt onkologik kasallik bilan kuraşib kelgan yana bir 58 yoşli ayol Istanbuldagi şifoxonalardan birida vafot etgan.
“Özbekiston Respublikasining Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga çuqur taʼziya bildiradi. Konsulxona tomonidan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda jasadlarni vatanga yuboriş va boşqa zarur masalalar yuzasidan tegişli konsullik-huquqiy yordam körsatilmoqda”, deyiladi xabarda.









