Moskva viloyatining Solneçnogorsk rayonidagi quriliş kabinalari şaharçasida sodir bölgan yonğin oqibatida tört nafar migrant halok böldi, ikki nafari jarohat oldi. Ular Özbekiston fuqarosi bölişi mumkin. Bu haqda TASS favqulodda xizmatlardagi manbasiga tayanib, xabar berdi.
“Solneçnogorsk rayonida obʼekt qurilişi çoğida yonğin sodir böldi. Tört nafar xorijlik işçi halok böldi, ikki nafari jarohat oldi”, deyiladi xabarda.

Dastlabki maʼlumotlarga köra, halok bölganlar va jarohatlanganlarning barçasi Özbekiston fuqarolaridir. Ularning şahri “Senej” sanatoriysi hududida joylaşgan edi.
Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Moskva yaqinidagi boş boşqarmasi matbuot xizmati aniqlik kiritişiça, yonğin Moskva vaqti bilan taxminan 10:27 da boşlangan. Yoniş maydoni 200 kvadrat metrni taşkil etgan. Soat 15:40da yonğin töliq öçirilgan.









