Ukrainadagi uruşda qança özbekistonlik halok bölgani aytildi

Ukrainadagi uruşda qança özbekistonlik halok bölgani aytildi

Hisob-kitoblarga köra, Ukrainadagi uruşda Rossiya tomonida jang qilgan kamida 3 589 nafar xorijlik halok bölgan. Şulardan 229 nafari Özbekiston fuqarolari. Bu haqda BBC va “Mediazona” eʼlon qilgan suriştiruv materialida söz boradi.

Qayd etilişiça, köngillilar jamoasi bilan birgalikda yuritilayotgan halok bölganlarning röyxatida hozirda Rossiya armiyasining 233 033 nafar harbiy xizmatçisining ismi mavjud. Ulardan 1 285 nafari xorijiy davlatlar fuqarolari bölib, ularning ölimini oçiq manbalar: hukumatlar bayonotlari, qarindoşlarning ijtimoiy tarmoqlardagi postlari yoki qabrlar va harbiy memoriallarning fotosuratlari asosida tasdiqlaşga muvaffaq bölindi.

Yana 2304 nafar Şimoliy Koreya askari 2024 yil avgust oyida Ukraina Qurolli kuçlarining Kursk viloyatiga uyuştirgan hujumi paytida Rossiya tomonida jang qilib halok bölgan. Ularning maʼlumotlarini BBC Koreya xizmati Pxenyandagi halok bölganlar xotirasiga bağişlangan yangi harbiy memorialning rasmiy fotosuratlari va sunʼiy yöldoş tasvirlarini örganib çiqib aniqlagan.

Qayd etilişiça, Ukrainada Rossiya tomonida jang qilgan xorij fuqarolari talafotining haqiqiy raqamlari bundan ança yuqori. Uşbu ismlar röyxatini tuzişda Ukraina tomonining maʼlumotlaridan va Ğarb razvedkasining naşrlaridan foydalanilmagan. Rossiya tomonida jang qilgan xorijliklarning umumiy soni (tirik qolganlarni ham hisobga olganda) bir neça baravar köp.

NATOdagilarning hisoblaşiça, Rossiya kuçlari tarkibida 44 ta davlatdan taxminan 24 ming nafar xorijlik yollanma askar jang qilmoqda. Bu haqda alyansning yuqori martabali mulozimi Anqarada bölib ötgan sammitda BBC’ga maʼlum qilgan. Uning sözlariga köra, ularning aksariyat qismini Afrika davlatlaridan bölganlar taşkil etadi.

“Ehtimol, yuzlab afrikaliklar şartnoma imzolagan. Kimdir öz ixtiyori bilan, kimdir esa majburlaş oqibatida”, deydi u.

Ugandalik 45 yoşli Edson Kamvesigiye muqaddam notinç hududlarda bir neça bor işlagan. U 2000-yillarda Iroq va Afğonistonga soqçi bölib işlaş uçun borgan, deya sözlab bergan Edsonning rafiqasi Karolina Mikuza jurnalistlarga. Biroq u erining jangovar harakatlarda qatnaşiş tajribasi bölmaganini alohida taʼkidlagan.

“Uganda Radio Network” maʼlumotlariga köra, 2004 yildan 2021 yilgaça 30 mingdan ortiq ugandalik Iroqdagi Amerika obʼektlarida soqçi bölib işlagan. Ammo 2021 yilda AQŞ qöşinlari Iroq va Afğonistondan olib çiqilganidan keyin xorijdagi yaxşi haq tölanadigan şartnomalar tugagan va Edson uyiga qaytgan.

Ugandada Edson taksiçilik qilgan, dehqonçilikda öz kuçini sinab körgan, biroq topilgan pul oilasi va ikki farzandini boqişga zörğa yetgan.

2025 yil dekabr oyida Edson xotiniga Rossiyaga soqçi bölib işlaş uçun ketayotganini aytgan. Ammo borgaç, hammasi boşqaça bölib çiqqan. Joriy yilning 16 yanvar kuni Edson xotini bilan boğlanib, front çiziğiga ketayotganini maʼlum qilgan.

“U özi uçun duo qilişni söradi, çunki harbiy tayyorgarlikdan ötayotgani va tez orada frontga yuborilişini aytdi”, deydi Mikuza Germaniyaning “Taz” naşri jurnalistlariga. 

Oradan atigi bir hafta ötib, Edson Ukrainaning Xarkov viloyati Kupyansk tumanida halok bölgan.

Kamvesigiyening rafiqasi hali ham erining jasadini uyiga qaytarişdan umid qilmoqda, biroq rasmiy hukumat bu iş bilan şuğullanişdan boş tortgan. Mahalliy OAV maʼlumotlariga köra, 2026 yil iyun oyiga kelib, Rossiya kuçlari tomonida jang qilib, Ukrainada yana ikki nafar Uganda fuqarosi halok bölgan. Ularning ham jasadlarini uyga qaytarişning imkoni bölmagan. Halok bölganlarning BBC’dagi ismlar röyxatida jami yettita Afrika davlati fuqarolari bor.

2022 yil örtalaridan 2023 yil oxirigaça Rossiya tomonida jang qilgan xorijliklarning asosiy qismini qamoqxonalardan frontga jalb etilgan mahbuslar taşkil etgan. Ularga 6 yoki 12 oylik jangovar harakatlarda iştirok etiş evaziga qamoqdan ozod etiliş taklif qilingan. Avvaliga bu bilan “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi (XHK), keyinçalik esa Rossiya Mudofaa vazirligi şuğullangan. 

Uşbu sxema, birinçi navbatda, sobiq SSSR davlatlari fuqarolariga, ayniqsa, Markaziy Osiyodan bölganlarga daxl qilgan. Masalan, Tojikiston va Özbekistonning halok bölgan fuqarolarining yarmidan köpi Rossiyadagi ozodlikdan mahrum qiliş joylaridan frontga yöl olganlar.

Top-3 Ukrainada Rossiya uçun halok bölgan MDH davlatlari fuqarolari:

  1. Özbekiston – 229 qurbon;
  2. Tojikiston –199 qurbon;
  3. Ozarbayjon –108 qurbon.

Xorijliklarni jalb qilişning şartli ikkinçi bosqiçi 2024 yildan 2025 yilning örtalarigaça bölgan davrga töğri kelgan.

2024 yil boşida Rossiya rasmiylari Mudofaa vazirligi bilan yangi şartnomalar imzolaganlik uçun tölovlarni sezilarli darajada oşirgan. Taxminan şu vaqtda turli mamlakatlar: Kuba, Nepal, Hindiston, Şri-Lanka, Yaman aholisini faol jalb qiliş boşlangan.

Köpçilik aynan yuqori maoş bilan qiziqqan. Kimdir armiyaga borişini tuşungan holda öz ixtiyori bilan şartnoma imzolagan. Boşqalar esa Rossiyaga öqiş yoki qurilişda işlaş uçun boryapman deb öylagan, yakunda esa aldov yöli bilan frontga tuşib qolgan.

Top-3 Ukrainada Rossiya uçun halok bölgan boşqa xorij davlatlari fuqarolari:

  1. Şimoliy Koreya – 2304 qurbon;
  2. Nepal – 72 qurbon;
  3. Kuba –20 qurbon.

Huquq himoyaçilarining fikriga köra, 2025 yilning örtalaridan boşlab sobiq SSSR davlatlaridan Rossiyaga borgan mehnat migrantlariga nisbatan yangi bosim tölqini kuzatilmoqda. Ularga uruşda qatnaşiş evaziga, masalan, mamlakatga kiriş taqiqini olib taşlaş, tezlaştirilgan tartibda fuqarolik beriş yoki deportatsiya qiliş qarorini bekor qiliş vaʼda qilinmoqda.

Advokatlar migrantlarni tahdidlar orqali Rossiya Mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolaşga majburlaşgan köplab holatlarni qayd etgan.

Xalqaro inson huquqlari federatsiyasi hisoboti va “Reuters” suriştiruvida qayd etilişiça, sönggi vaqtlarda turmuş darajasi past bölgan Afrika mamlakatlari aholisini uruşga jalb qiliş harakatlari faollaşgan.

Halok bölgan xorijliklar soni böyiça Şimoliy Koreya yetakçilik qilmoqda. Biroq boşqa barça xorijliklardan farqli ölaroq, ular uruşda Rossiya va Şimoliy Koreya örtasidagi rasmiy şartnoma asosida oçiqçasiga qatnaşgan. Ular haqida maʼlumot kam.

BBC’ning halok bölganlar röyxatida, şuningdek, Rossiya tuzilmalari tarkibida frontda halok bölgan 25 nafar Ukraina fuqarosi ham tilga olingan. Ular faqat keng kölamli uruş boşlangan paytda Ukraina nazorati ostida bölgan hududlarda röyxatdan ötgan (propiskada bölgan) şaxsla.

Ularning aksariyati uruşga axloq tuzatiş koloniyalaridan jalb qilingan. Rossiya tomonida jang qilayotgan Qrim, Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlari aholisi alohida hisoblab boriladi, ularning yöqotişlari uşbu hisobotda aks ettirilmagan.

Şuni taʼkidlaş joizki, umumiy manzarada xorijliklar hamon Rossiya tomoni yöqotişlarining kiçik bir qismini taşkil etadi. Ismlari aniqlangan 233 ming nafar halok bölgan rossiyalik harbiylardan xorij davlatlari fuqarolari (Şimoliy Koreya harbiylarini hisobga olganda) 2 foizdan kamroqni taşkil qiladi.

Şu tariqa, xorijdan odam yollaş Rossiya uçun armiyani töldirişning asosiy manbasi bölgan öz fuqarolari örnini bosa olmaydi. Biroq katta yöqotişlar va öz ixtiyori bilan şartnoma imzolaşga tayyor bölgan rossiyaliklar sonining borgan sari kamayib borişi fonida frontni uşlab turiş uçun Kreml, ehtimol, askar yiğişning boşqa usullarini izlaşiga töğri keladi.


Teglar:
×