Avtomobil sotilganda, «çiroyli» raqam olib qöyiladimi?

Avtomobil sotilganda, «çiroyli» raqam olib qöyiladimi?

Ijtimoiy tarmoqda tarqagan video muallifi avtomobil oldi-sotdisi bölgandan söng, maşinaning «çiroyli» raqamini mutasaddilarga qaytarib berişga majbur bölganini bildirgan. Içki işlar vazirligi uşbu holatga izoh berdi.

Video muallifining kadr ortidan bildirişiça, u «çiroyli» davlat raqamiga ega maşinani sotib oladi, ammo raqamni özida saqlab qola olmagan. IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi bölinma boşliği Murodbek Şeraliyev holat yuzasidan Kun.uz savollariga javob berdi.

«Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustdagi 683-sonli qaroriga asosan, avtotransport vositalariga tegişli davlat raqam belgilarini auktsion savdolari orqali sotiş yölga qöyilgan. Bu qaror bilan, 65ta xaridorgir davlat raqam belgilari uçta toifada auktsionga savdolarga qöyilgan. Ikki yil davomida sotilgan davlat raqam belgilari böyiça davr talabidan kelib çiqib, qöşimça yana davlat raqam belgilarini auktsionga qöyiş talablari yuzaga keldi.

Şunga asosan, 2020 yil 4 iyun kuni hukumatning tegişli qarori bilan 327ta davlat raqam belgisi auktsion savdolarga qöyilgan», — deydi u.

×