Toşkent viloyatida davlat raqamini yopib harakatlangan qora rangdagi avtomobillar ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab bölgandi. «Kaptiva» rusumli transport vositasi haydovçisi avtomobil davlat raqam belgisini yopgan holda harakatlanganligi aks etgan video lavha va fotosuratlar fuqaro tomonidan IIV YHXBBga maʼlum qilindi.

Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabariga köra, olib borilgan suriştiruv işlari davomida «Kon geologiya faoliyatini nazorat qiliş inspektsiyasi»ga tegişli bölgan, «Kaptiva» rusumli, 01 215 RFA davlat raqam belgili avtomobil haydovçisi Çinoz tumani hududida transport vositasi davlat raqam belgisini köriş imkoniyatini çeklaydigan qoplama yopib harakatlanganligi maʼlum böldi.

Haydovçi, 1986 yilda tuğilgan R.E.ga nisbatan «Yöl harakati qoidalari»ning 3-ilovasi (Transport vositalaridan foydalanişni taqiqlovçi şartlar) 7.15-bandi ikkinçi qismi (Transport vositasida röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilarini körinişini çeklaydigan, töğri aniqlanişiga xalaqit beradigan har-xil buyumlar örnatilgan va qoplamalar bilan qoplangan bölsa)da belgilangan talablarni buzganligi böyiça, Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 127-moddasi 2-qismi (Tegişli ruxsat olmay turib transport vositalariga tovuş çiqaruvçi va yorituvçi maxsus qurilmalarni örnatiş, xuddi şuningdek davlat raqam belgilarini köriş imkoniyatini çeklaydigan, ularni anglaşga tösqinlik qiladigan turli aşyolar örnatiş va qoplama surtiş) tartibida bayonnoma tuzilib transport vositasi uşbu Kodeksning 291-moddasi tartibida vaqtinça saqlaş uçun jarima maydonçasiga joylaştirildi.
Maʼlumot örnida, davlat raqam belgilarini köriş imkoniyatini çeklaydigan, ularni anglaşga tösqinlik qiladigan turli aşyolar örnatiş va qoplama surtiş — fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravaridan uç baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa — uç baravaridan beş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi, deyiladi xabarda.









