Yamalga “Barselona”da yangi raqam beriladi

Yamalga “Barselona”da yangi raqam beriladi

Ispaniyaning “Barselona” klubi futbolçi Lamin Yamalga afsonaviy 10-raqami topşiriladi. Bu haqda “Memorabilia1899” xabar berdi.

Yangi raqam futbolçiga 18 yoşga tölganidan söng, yaʼni 13 iyuldan keyin beriladi. Hozirda bu raqam Ansu Fati nomiga rasmiylaştirilgan. Manbaga köra, Yamalga 10-raqam topşirilişi Fati klubda qoliş yoki qolmasligidan qatʼi nazar amalga oşiriladi.

Klub rahbariyati bu qaror savdo hajmi, ayniqsa atributika sotuvini oşiradi degan umidda. Bungaça ispan naşrlari “Barselona” Yamal bilan maoş oşirişni nazarda tutuvçi yangi uzoq muddatli şartnoma ustida işlayotgani haqida xabar bergan.

Maʼlumot uçun, klub tarixida 10-raqamga Lionel Messi, Diyego Maradona, Ronaldino, Rivaldo, Romario kabi futbol afsonalari ham egalik qilgan.

Lamin Yamal 2023 yildan beri “Barselona” safida töp surmoqda. Şu vaqt içida u ikki karra Ispaniya çempioni böldi, mamlakat Kubogi, Superkubogini qölga kiritdi va Ispaniya terma jamoasi tarkibida 2024 yilgi Yevropa çempionligini nişonladi. Joriy mavsumda Yamal klub va terma jamoa safida jami 59 öyinda maydonga tuşib, 19 ta gol urdi.


Teglar:
×