Avtomobil sotib olganlik uçun yiğim töliq bekor qilinadi

Avtomobil sotib olganlik uçun yiğim töliq bekor qilinadi

Özbekistonda 2022 yil 1 yanvardan avtotransport vositalarini sotib olganlik uçun yiğim töliq bekor qilinadi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyev xabar berdi.

Qayd etilişiça, 2022 yil uçun davlat byudjeti loyihasi va byudjetnomaga köra, fuqarolarga mulkiy munosabatlarni amalga oşirişda davlat röyxatidan ötkaziş jarayonlarini yengillaştiriş va mulk huquqini tölaqonli tasarruf etişga qulay şaroitlarni yaratiş maqsadida 2022 yil 1 yanvardan boşlab avtotransport vositalarini sotib olganlik uçun yiğim töliq bekor qilinadi. 

“Şuningdek, Moliya vazirligidagi manbalarga köra, “Davlat boji töğrisida”gi Qonunga kiritilişi kutilayotgan özgartirişga asosan avtomobil oldi-sotdi şartnomasini notarial rasmiylaştiriş uçun undiriladigan davlat boji, transport vositasining ot kuçi va işlab çiqarilgan sanasidan qatʼi nazar, BHMning 3 barobari (810 ming söm) etib belgilanadi (soliştiriş uçun amaldagi tölov miqdori BHMning 2 barobari (540 ming) dan 10 barobarigaça (2mln. 700 ming)”, deya yozadi deputat.  

Deputatning fikriga köra, “2022 yil uçun Davlat Byudjeti töğrisida”gi qonunni qabul qilinişi hamda “Davlat boji töğrisida”gi Qonunga tegişli özgartiriş kiritiş ortidan ikkilamçi bozordan sotib olingan avtomobilni rasmiylaştiriş xarajatlari keskin kamayadi. 

Amaldagi tartibga asosan ot kuçi 105 bölgan va işlab çiqarilgan sanasi 3 yildan köp bölmagan Nexia avtomobilini oldi-sotdi şartnomasini notarial rasmiylaştiriş uçun örtaça 5mln 535 ming söm xarajat talab qilinayotgan bölsa, qonunçilikka yuqoridagi özgartirişlar kiritilgandan söng (2022 yildan) bu xarajatlar taxminan 4 mln sömga kamayib, 1,6 mln söm atrofida böladi.

×