“Siz terayotgan raqam xizmat doirasida” yoxud mobil telefon odoblari

“Siz terayotgan raqam xizmat doirasida” yoxud mobil telefon odoblari

Islom – ğoyat gözal din. Barça zamon va hamma makonlarga mos. Gözalligi şundaki, dinimiz öz taʼlimotlari bilan insoniyatning baxtli-saodatli yaşaşini oçiq-oydin körsatib bergan. Şu körsatmalarga rioya qilgan kişining qayğurişi u yoqda tursin, hatto bir lahza bölsa-da, noqulay vaziyatga tuşib qolmasligi kafolatlangan.

Imom Abu Dovud Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Özi haq bölca ham talaşib-tortişmagan kişi uçun jannat çekkaroğidan uy berilişiga, hazillaşib bölsa-da yolğon gapirmagan kişi uçun jannatning örtasidan uy berilişiga, xulqini gözal qilgan kişi uçun esa jannatning eng yuqori qismidan uy berilişiga men kafilman” (Imom Abu Dovud rivoyati).

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. “Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam: “Kim birovning maktubiga iznsiz nazar solsa, dözax otaşiga nazar solgan bilan barobar ekan”, deganlar” (Imom Abu Dovud rivoyati).

Yuqoridagi ikki muborak hadisni bejiz keltirmadik. Çunonçi, bugun köplab oilalarga darz ketib, Arşning larzaga kelişiga, maʼsum gödaklarning tirik yetim bölib qolişiga, ösmirlarning boşi berk köçaga kirib qolib jinoyatga qöl urişiga, qizlar bahorida xazon bölişiga mobil telefon sabab bölayotgani heç kimga sir emas.

Aslida Islomda şaxsning daxlsizligi yuqori darajada himoyalangan. Birovning maktubini öğirlab oliş yoki tortib olib öqişga intiliş u yoqda tursin, iznsiz nazar soliş ham mumkin emas. Kim birovning maktubiga iznsiz nazar solsa, dözax otaşiga nazar solgan bilan barobar. Ulamolarimiz nazar solişga oid hukmni eşitişga, quloq solişga ham qiyos qilganlar. Bugun birovning mobil telefonidagi SMSlarga nazar solişning hukmi ham şunday.

Butun boşli örmonning kuyib kul bölişiga bir gugurt donasi kifoya qilganidek, jamiyatning tanazzulga uçraşiga ham arzimas omil va bahonalar sabab bölayotir. Qolaversa, xalq orasida yurib, ularning murojaatlari, savollarini tinglab, mobil telefondan töğri foydalanilsa, koni foyd ekani, aks holda, bu matoh asr muammosiga aylanayotganiga guvoh böldik. Şu bois dinimiz taʼlimoti asosida mobil telefondan foydalanişning tartib-taomillari, qoidalarini keltirib ötişni lozim topdik.

Unutmang:

1) Telefon orqali qönğiroq qilayotgan ham odam;

2) röparamizdagi odam bilan muloqot qilganda nimalarga eʼtibor qaratsak, telefonga javob berişda ham şularni inobatga oliş lozim;

  • birovning telefoniga egasining ruxsatisiz tegmaslik;
  • agar egasi ruxsat bermasa, boşqa telefonni “SMS”, “IMENA”, “KONTAKTI” va boşqa joylarini öqimaslik va qaramaslik;
  • behuda, manfaati yöq, dinimiz qaytargan narsalarni yozdirmaslik, eşitmaslik va körmaslik;
  • şariat hukmlariga, milliy qadriyatlarimizga va davlat qonunlariga zid narsalarni yozdirmaslik, eşitmaslik va körmaslik;
  • birovning gaplaşganini eşitmaslik va poylamaslik;
  • birovga qönğiroq qilganda har bir telefon qilişni orasida 4 rakat sunnat namozni vaqti ötgandan söng lozim bölsa, yana bir bor telefon qilinadi. Şu tartibda 3 marta telefon qilinganda ham javob bölmasa, bir muddat ötgandan keyin telefon qilinadi;
  • suhbatdoş odam telefonni öçirmagan bölsa, qiziqib eşitib turmasdan, darhol telefonni öçiriş;
  • suhbatdoş odamni telefonda vaqtini köp olmaslik;
  • bizga telefon qilingan paytda yonimizdagilardan izn, ruxsat sörab telefonga javob beriş;
  • suhbatdoşlaringiz, odamlar oldida telefon öynamaslik, (ayniqsa, ota-ona, ustoz, rahbar, yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlar oldilarida). Çunki bunday qiliş – suhbatdoşga nisbatan hurmatsizlik, mensimaslik hisoblanadi. Agar zarurat tuğilsa, suhbatdoşga uzrini aytib, ruxsat sörab telefon bilan maşğul bölinadi;
  • telefon qilayotgan odam: “Kim bu?” demasligi kerak. Balki avval salom berib, özini taniştirib, kerakli odamni söraş;
  • ota-onasiga özinikidan yaxşiroq va zörroq telefon olib beriş;
  • uka-singillariga ham telefon olib beriş;
  • aka-opalarining telefon sotib olişga imkoni bölmasa, ularga ham telefon tuhfa qiliş;
  • ahli ayoliga ham telefon olib beriş;
  • ular (ota-ona, uka-singil, imkoniyati kamroq aka-opa hamda ahli ayoli)ga telefonlarini pullarini tölab turiş;
  • “Alo?”, “Hello?”, “Ha?”, “Alyo?”, “Da?” sözlari bilan birga “Labbay!”, “Eşitaman”, “Assalomu alaykum”, “Quloğim sizda” kabi milliy qadriyatlarimizga xos va mos iboralar bor ekanligini unutmaslik;
  • suhbat tugaganda, telefonni darhol öçirmasdan, balki suhbatdoş bilan xayrlaşib, unga yaxşi tilaklar tilagandan söng telefonni öçiriş;
  • ota-ona, ustoz, rahbar, yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlar bilan telefonda sözlaşganda örnidan turib sözlaşiş;
  • ular (ota-ona, ustoz, rahbar, yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlar)ga telefonda sözlaşganda birinçi salom beriş;
  • ular (ota-ona, ustoz, rahbar, yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlar)ga telefon qilganda, ular söraşlaridan oldin özining kimligi (ismi, lavozimi)ni aytib taniştiriş;
  • suhbatdoşning vaqtini olmayotganini sörab, uzr söraş;
  • ular (ota-ona, ustoz, rahbar, yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlar)dan oldin telefonini öçirmaslik;
  • telefon qilingan odam telefonni birinçi bölib öçirmaslik;
  • ular (ota-ona, ustoz, rahbar, yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlar)ga gudok taşlamaslik;
  • agar ular şunday qilgan bölişsa, darhol ularga qayta telefon qiliş;
  • suhbatdoşning ruxsatisiz boşqalarga eşitiladigan darajada zaruratsiz telefonni ovozini baland qilmaslik;
  • telefon orqali körib gaplaşiş uçun avval suhbatdoşning oldidan ötib, uning roziligini oliş;
  • telefon orqali körişib gaplaşiş uçun suhbatdoşning roziligini olişda unga gaplaşmoqçi bölgan odamning huzurida kimlar mavjud ekanligini ham ogohlantirib qöyiş;
  • agar suhbatdoş tomonidan telefon orqali körişib gaplaşişga istak bildirilmasa, bundan aslo xafa bölmaslik;
  • agar ota-ona, ustoz, rahbar, yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlar bilan telefon orqali körib gaplaşiş zaruriyati bölsagina, şunda ham faqat ularning ijozatlari bilangina körişib gaplaşiş uçun telefon qiliş;
  • ota-ona, ustoz, rahbar, yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlarning ruxsatlarini olişda ularga ham gaplaşmoqçi bölgan odamning huzurida kimlar mavjud ekanligini bildirib qöyiş;
  • agar ota-ona, ustoz, rahbar, özidan yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlar tomonlaridan telefon orqali körişib gaplaşişga xohiş bildirilmasa, ulardan uzr söraş;
  • ular (ota-ona, ustoz, rahbar, yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlar) bilan sözlaşganda, ularning hurmatlarini bilib, ortiqça vaqtlarini olmaslik;
  • ular (ota-ona, ustoz, rahbar, yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlar) telefon qilgan bölişsa, biror uzrli sabab bilan telefonni ololmagan odam, darhol uzr sörab qayta telefon qiliş;
  • siz telefon qilgan vaqtda ham boşqalar ola olmagan bölsalar, ulardan aslo xafa bölmaslik;
  • jamoat joy (kasalxona, majlis, masjid, maʼraka-marosim, taʼziya, işxona, poyezd, avtobus va hokazo)larda bölganda, telefon ovozini öçirib qöyiş;
  • ular (ota-ona, ustoz, rahbar, yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlar) bilan telefonsiz sözlaşganda, telefon ovozini öçirib qöyiş;
  • ular (ota-ona, ustoz, rahbar, yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlar) telefon qilib qolişsa, yonimizdagilardan uzr sörab, kim telefon qilayotganini aytib, telefonga darhol javob beriş;
  • kasalxona va hokazolarda bölganda, telefonda gapiriş töğri kelsa ham, past ovoz bilan sözlaşiş;
  • jamoat joylarda bölganda şu yerdagilardan izn, ruxsat sörab telefonga javob beriş;
  • zarur bölgan holatlar: ota-ona, ustoz, rahbar, yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlar telefon qilganlarida yoki tezkor holatli iş sodir bölganda va hokazo;
  • javob bersa ham çetroqqa çiqib, ovozi pastroq holda javob beriş;
  • ota-onasi, rahbari, ustozi, yoşi, lavozimi yuqoriroqlar bilan sözlaşganda, şulardan birortasi telefon qilib qolsa, ruxsat söraş, ruxsat bersagina gapiriş.

Muqaddas Islom dinimizni pok saqlaş, uni turli ğarazli xuruj va hamlalardan, tuhmat va böhtonlardan himoya qiliş, uning asl mohiyatini unib-ösib kelayotgan yoş avlodga töğri tuşuntiriş, Islom madaniyatining ezgu ğoyalarini keng tarğib etiş – har bir OTA UÇUN, har bir ONA UÇUN bugungi XXI asr zamonasida ENG KATTA vazifa!

Hozirgi davrda axborot texnologiyalari öta tezkorlik bilan rivojlanayotgan bir paytda, nanotexnologiya zör şiddat bilan avjiga çiqayotgan zamonda, ommaviy axborot vositalari xilma-xil maʼlumotlarni keçayu kunduz tarqatayotgan bir onda mazkur sözlar jannatmakon yurtimizni, muqaddas Vatanimizni, dono xalqimizning har bir fuqarosiga quşga – havo, baliqqa – suv zarurligiday zarur bölsa kerak!

Iloho, özlarimizni ham, farzand-zurriyotlarimizni ham Mehribon Parvardigorimiz buyurgan, janob Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallam tavsiya etgan, ötmişda ötganlarimizni ruhlari şod böladigan, xalqimiz xursand böladigan, ota-onalarimiz rozi böladigan yöllardan yurişimizni nasib etsin!

Ibrohimjon INOMOV,

Özbekiston musulmonlari idorasi raisi örinbosari

×