Toşkent viloyati prokuraturasi öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi alohida muhim işlar böyiça katta tergovçisi Turğun Jumanoviç Kamolov vafot etdi.
Boş prokuratura Matbuot kotibining maʼlum qilişiça, Turğun Kamolovning ölimiga koronavirus infektsiyasi sabab bölgan.
Turğun Kamolov 1966 yilda tuğilgan. Oilali, 3 nafar farzandi bor. U 1995 yildan buyen prokuratura organlarida xizmat kilib kelgan.
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi jamoasi Toşkent viloyati prokuraturasi öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi alohida muhim işlar böyiça katta tergovçisi Turğun Kamolovning vafoti munosabati bilan marhumning qarindoş va yaqinlariga çuqur taʼziya izhor etdi.









