Bugun, 3 iyul kuni Özbekistonda koronavirusdan navbatdagi ölim qayd etildi. Bu mamlakatdagi 29 ölim holati böldi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.
Toşkentda yaşovçi 77 yoşli N. G. şu yilning 7 iyunidan 16 iyungaça Respublika Şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazida yurak işemik, gipertoniya, qon aylaniş yetişmovçiligi, öng sut bezi saratoni, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, öpka şişi taşxisi bilan davolangan.
Şu yilning 23 iyun kuni unda koronavirus infektsiyasi ham aniqlangan va ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatiş maqsadida Toşkent tibbiyot akademiyasi köp tarmoqli klinikasining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.
U oxirgi 10 yil davomida yurak işemik, gipertoniya va onkologik xastalik kabi qator taşxislar bilan davolanib kelgan.
Bemorga (ayol) Soğliqni saqlaş vazirligining qator yönalişlari böyiça boş mutaxassislari va Respublika Şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi şifokorlari tomonidan konsiliumlar ötkazilib, doimiy nazorati taʼminlangan.
Şu yilning 2 iyul kuni standartlar asosida körsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor ötkir yurak qon-tomir va öpka yetişmovçiligidan vafot etgan.









