Özbekistonda yana bir kişi koronavirusdan vafot etdi

Özbekistonda koronavirusga çalingan bemorlardan yana biri vafot yetdi. Mamlakatda uşbu xastalik qurbonlari 11 nafarga yetdi. Navbatdagi ölim holati Samarqand viloyatida qayd etilgan. Bu haqda bugun, 13 may kuni Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.

Taʼkidlanişiça, toyloqlik Ö. şu yilning 9 may kuni burnidan qon ketişi va umumiy ahvoli oğirligi kuzatilgani sababli Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand viloyat filiali jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Ötkazilgan diagnostik tahlillardan söng bemorda COVID-19 infektsiyasi ham aniqlangan.

Uşbu bemor (erkak) surunkali buyrak yetişmovçiligi va anemiya oğir darajasi taşxisi bilan dispanser nazoratida bölgan. Unga ikkinçi guruh nogironlik ham belgilangan. Şu yilning 28 aprelidan 5 mayigaça u yuqorida keltirilgan taşxis bilan tibbiyot muassasasida davolangan, muntazam rejali dializ seanslarini olib kelgan. Bemorning davolanişi davomida kunlik ahvoli mamlakatdagi nufuzli mutaxassislar bilan birga xorijlik şifokorlar tomonidan ham bir neça bor konsiliumlar ötkazilib, nazoratga olingan.

“Biroq mutaxassislarning standartlar asosida ötkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etdi“, deyiladi SSV xabarida.

Eslatib ötamiz, ayni paytda Özbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 2596 nafarni taşkil qilib, soğaygan va vafot etganlardan taşqari, jami 509 nafar bemor davolanmoqda. 

Teglar:
×