Diniy sohada köp yillar samarali xizmat qilgan, jonkuyar ulamo, fidoiy inson Toşkent viloyati boş imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov vafot etdi.
Rahmatli Xayrulloh domla Turmatov Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom institutida taʼlim olgan, mehnat faoliyati davomida Toşkent viloyatidagi "Çetsuv", "Qoraboğ", “Zangiota” jome masjidlari imom-xatibi, Angren şahri boş imom-xatibi va Toşkent viloyati boş imom-xatibi vazifalarida fidokorona xizmat qildi.
Özbekiston musulmonlari idorasi jamoasi uşbu oğir musibatga çin qalbdan şerik ekanini izhor etadi. Barçamizni Alloh taolo yaratgan. Taqdirlarimizni ihota qiluvçi yagona Zot ham faqatgina Robbimizning Özidir. Qurʼoni karimda: “…Albatta, biz Allohning ixtiyoridamiz va albatta, biz Uning huzuriga qaytuvçilarmiz…” (Baqara, 156) deyilgan.
Alloh taolo oxirat safariga kuzatilayotgan bu din xizmatçisini mağfiratiga olsin, yaqinlariga sabru jamil berib, qazoi qadarini imon ila, rozilik ila qarşi olganlar qatorida ajru mukofotlar ato etsin.
Xayrulloh domla Turmatovga ulamolar, imom-xatiblar, imom noiblar, jome masjidlardagi har bir masʼul xodim hamda qalblari Allohning baytiga boğlangan qadrli insonlarning ehtiromi baland va yuksak edi.
Faoliyatlari davomida jome masjidlarni obod va körkam, namozxonlarni ibodat qilişlari uçun munosib va zamonaviy şart-şaroitlarga ega bölişi yölida tinim bilmay mehnat qilayotgan edilar...
Hadisi qudsiylardan birida aytiladi: “Ey Odam farzandi! …Albatta, Men sizlarning suratingizga ham, çiroyingizga ham qaramayman. Balki qalbingizga qarayman va sizlardagi yaxşi xislatlardan rozi bölaman”. Rahmatli Xayrulloh domla Turmatov ham ana şunday yaxşi xislatlar, ezgu fazilatlar sohibi edi.
Alloh taolo marhum ulamoni Öz mağfiratiga olsin, çekkan dardlarini gunohlariga kafforat aylasin, iymonlarini salomat qilsin, solih amallarini özlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Haq taolo marhum olimning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga çiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxşiliklar ila töldirsin. Biz Buyuk Parvardigordan duo qilib söraymizki, marhum olimni özining çeksiz rahmatiga olsin, jannat boğlariga doxil etsin.









