Özbekistonda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi

18 aprel kuni Özbekistonda koronavirusga çalingan yana bir bemor vafot etdi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.

Şu yilning 7 aprel kuni toşkentlik, 77 yoşli (ayol) A. surunkali bronxit, öng öpka atelektazi, gipertoniya kasalligi bilan karantinga olingan edi. Zudlik bilan ötkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan söng bemorda COVID-19 koronavirus infektsiyasi ham aniqlangan.  

Şundan söng unga ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatiş maqsadida Toşkent tibbiyot akademiyasining köp tarmoqli klinikasiga  ötkazilgan.

Biroq virusolog, pulmonolog, terapevt, kardiolog, reanimatologlarning  standartlar asosida  ötkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor bugun  uşbu infektsiya asoratlari: ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning oğir keçişi, ötkir nafas yetişmovçiligi va öpka şişidan vafot etdi.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda koronavirusni yuqtirib oliş bilan boğliq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgaça koronavirus yuqtirganlar 1469 nafarga yetdi. Bugungaça kasallanganlarning 194 nafari davolangan, 4 nafari vafot etgandi.

Qadrli yurtdoşlar, karantin davrida zarurat bölmasa, köçaga çiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida ötkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor

×