Özbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasining qarori asosida 4 sentyabrdan barça diniy taşkilotlarda jamoaviy ibodatlarga ruxsat berilgandi.
Bugun, 4 sentyabr kuni 6 oylik tanaffusdan söng mamlakatdagi 2072 ta jome masjidlarida mömin-musulmonlar juma namozlari jamoat bölib ado etişdi.
NAMANGANLIKLAR.UZ Namangandagi “Imom Buxoriy” masjidida böldi. Bu yerda yangi tartiblarga köra, masjidlarga kiriş jarayonida har bir ibodatçining tana harorati ölçandi. Har bir ibodatçining tibbiy niqobda bölişi qatʼiy nazorat qilindi. Namozxonlarning ijtimoiy masofa saqlanişiga jiddiy eʼtibor berildi.

Har bino xonalarini doimiy ravişda dezinfektsiya qiliş, ularga kiriş-çiqiş joylarini pirometr, antiseptik vositalar va dezinfetsion “töşak”lar bilan jihozlaş işlariga alohida eʼtibor qaratilgan. Masjid imom xatiblari karantin qoidalariga rioya etgan holda namozlarni ado etiş kerakligini qayd etdi.

Juma namozining söngida butun dunyoga yopirilgan koronavirus pandemiyasi tezroq bartaraf bölişini sörab duoga qöl oçildi.










