Şu kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda göyoki Özbekistondagi jome masjidlarda şu yil 6 maydan eʼtiboran taroveh va juma namozlari öqilişi töğrisida tarqatilayotgan audioxabar yolğon va haqiqatga töğri kelmaydi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Aholi orasida asossiz va yolğon xabar tarqatiş Islom dini taʼlimotlarida qattiq qoralanadi, qonunçilikda esa javobgarlikka tortilişiga sabab böladi.
Yurtimizdagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda aholi salomatligini har tomonlama himoya qiliş maqsadida, Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengaşining koronavirus infektsiyasi tarqalişining oldini oliş böyiça fatvosi va Ramazon oyini ötkaziş böyiça bayonotida juma namozi örniga uyda peşin namozini, beş mahal va Ramazon oyidagi tarovih namozlarini uyda öqiş haqida alohida qayd etilgan.
Şunday ekan Özbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişini oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasining qarorlariga mos ravişda masjidlarda jamoat bölib ibodat qiliş boşlanişi haqida Özbekiston musulmonlari idorasining rasmiy naşrlari tomonidan eʼlon qilinadi.
Öz navbatida mömin-musulmonlarni mana şunday ixtilof, fitna va ikkilanişlarga sabab böladigan materiallarni tarqatmaslikka çaqiramiz. Alloh taolo barçamizga insofu tavfiq berib, töğri yölda sobitqadam qilsin!









