18 yoşli qiz ölimidan söng beş insonning hayotini saqlab qoldi (video)

18 yoşli qiz ölimidan söng beş insonning hayotini saqlab qoldi (video)

Amerikaning Texas ştati Edinburg şahrida iyun oyida vafot etgan qizning oilasi beş kişini qutqarib qoliş uçun uning aʼzolarini topşirdi. Bu haqda News 4 telekanali veb-saytida xabar berilgan.

2020 yil iyun oyida 18 yoşli Alişa Garza öqotar quroldan yaralanib halok böldi.

Ögay otasi Ramon Vargas qiz aʼzolarining tibbiyotga xayriya qilinişini xohlaganini aytdi. Avvaliga Garzaning onasi Jeneveve Vargas bunday qarorga kelişga qiynalgan, ammo keyinçalik rozi bölgan.

«Birinçidan, men uning onasiman. Bolamning aʼzolarini olişlarini xohlamadim. Ammo bizning fojiamiz boşqalarga yordam berdi», — deydi Vargas.

Marhumning yuragi, jigari, öpkasi va buyraklari beş kişining hayotini saqlab qolişga yordam berdi.

Texas donor aʼzolar birlaşmasi qizçaning xotirasi uçun oilaga medal topşirdi.

Ota-ona Alişaning aʼzolarini qabul qilganlar bilan hali uçraşmadi.

«Men ularni quçoqlagan bölardim, çunki göyoki yana qizimni quçoqlaganday bölaman. Farzandimning bir bölagi ularda yaşamoqda», — dedi Vargas.

Garzaning ota-onasi öz tajribalarini boşqalar bilan baham körib, ularni aʼzolar donori bölişiga ilhomlantirişni xohlamoqda.

«Har kuni boşimizdan keçiradigan dardni heç kimga tilamayman. Ammo u yordam bergan odamlarda yaşaşda davom etayotgani bizga madad bölmoqda», — deydi Vargas.

×