Pedagoglarga imtiyozli “Öqituvçi” oylik yöl çiptalari joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori loyihasida aytilgan.
Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvardan boşlab:
Toşkent şahrining markaziy köçalaridagi reklama stendlari, jamoat transporti va bekatlarda ijtimoiy reklamalar joylaştiriş jadvalini işlab çiqadi;
Toşkent şahar jamoat yöl transportlarida harakatlaniş uçun pedagoglarga imtiyozli “Öqituvçi” oylik yöl çiptalarini joriy etadi.
Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 iyundan boşlab Toşkent şahar umumiy örta taʼlim muassasalarida soğlom ovqatlanişni taşkil etiş, oşxona va bufetlarni ijaraga beriş, tanlovlarni ötkaziş va ğoliblarni aniqlaş Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi “Xalq taʼlimi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topşiriqlarni işlab çiqiş va quriliş obʼektlari sifatini monitoring qiliş böyiça injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oşiriladi;
Bunda davlat köçmas mulk obʼektlarini ijaraga beriş böyiça savdolarni “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonçasi orqali amalga oşiriladi.
Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining quyidagi takliflariga rozilik beriladi:
davlat-xususiy şeriklik asosida umumiy örta taʼlim muassasalarining oşxona va bufetlarini belgilangan talablarga mos ravişda sarmoyadorlarga uzoq muddatga (kamida 3 yil) foydalanişga beriş;
davlat-xususiy şeriklik asosida xalq taʼlimi tizimidagi taʼlim muassasalarining yer maydoni yoki böş turgan bino inşootlarini foydalanişga berişda tuzilgan davlat-xususiy şeriklik bitimi muddati davomida har yili sarmoyador tomonidan bazaviy hisoblaş miqdorining 500 baravaridan kam bölmagan mablağni taʼlim muassasasining maxsus hisob raqamiga ötkazib beriş.









