Tiriklay kömib yuborilgan odamni tört kundan söng kovlab olişdi (video)

Tiriklay kömib yuborilgan odamni tört kundan söng kovlab olişdi (video)

Moldovada tiriklay kömib yuborilgan 62 yoşli erkak, oradan 4 kun ötib, qutqarildi. Bu haqda Politia RM xabar berdi.

«Qabrdan tovuş»ni politsiyaçilar tasodifan eşitib qolişdi.

Politsiya xodimlari Moldova şimoli-ğarbidagi Ustiya qişloğiga 74 yoşli ayolning ölimi yuzasidan suriştiruv ötkaziş uçun kelişgandi. 18 yoşli gumon qilingan şaxsning uyida tintuv ötkazayotgan politsiyaçilarning quloğiga kimningdir yordam sörab qiçqirayotgani çalinadi.

15 may kuni eʼlon qilingan kadrlarda «qölbola qabr»dan yoşi katta kişi çiqarib olingani tasvirlangan. U jarohatlangan, ammo huşi joyida edi.

Qutqarilgan odamning aytişiça, ötgan şanba kuni u qotillikda gumon qilinayotgan yigit bilan mayxörlik qilgan, keyin janjallaşib qolişgan. Yigit unga piçoq bilan taşlangan, keyin qölbola yertölaga qamab, ustidan tuproq tortib yuborgan.

Politsiya 18 yoşli yigit öziga qarindoş bölgan 74 yoşli pensioner ayolni ertasiga, yakşanba kuni öldirgan, deb hisoblamoqda. Gumon qilingan şaxs mast holatda öz uyida qölga olingan, tergovçilarning savollariga «çalkaş» va «boğdan-toğdan» javob bergan.

Biri kişini öldirgan va yana bir kişini öldirişga qasd qilganlikda ayblanayotgan yigit bir umrga ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.

Qutqarilgan erkak esa yaqin örtadagi şifoxonaga jönatilgan.

Teglar:
×