Namanganda birdaniga uçta uy yondi

Namanganda birdaniga uçta uy yondi

Keça, 21 iyul kuni Namangan şahrida birdaniga uçta uyda yonğin sodir böldi. Bu haqda Davlat yonğin xavfsizligi xizmati Matbuot xizmati xabar berdi.

Yonğin Namangan şahrining “Örta Rovuston” MFYdagi 22,27 va 28-uylarda yuz bergan. Yonğinni bartaraf etişga 6 ta yonğin öçiriş avtoekipajlari jalb etilgan.

Yonğinda insonlarni halok böliş va tan jarohati oliş holatlari qayd etilmagan. Yonğin oqibatida 27-uyning 100 kv m maydonda tomi, şifti va uy-jihozlari, 28-uyning 40 kv m maydonda tomi va şifti hamda 22-uyning 6 kv m maydonda tomi yonib zararlangan.

Körilgan tezkor harakatlar natijasida yonğindan uylarning 300 kv m maydoni saqlab qolingan. Yonğinni qisqa vaqtda tarqalişiga uylarni qurişda yonğinga qarşi oraliq masofalar inobatga olinmagan yoki yonğinga qarşi devorlar qurilmaganligi sabab bölgan.

Hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Sunnatilla Abdullayev

×