Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Tergov qömitasi, Favqulodda vaziyatlar va Içki işlar vazirliklarining 11 nafar generalini lavozimidan çetlatdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Böşatilgan generallar orasida Rossiya Içki işlar vazirligining jamoat tartibini saqlaşni taʼminlaş boş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari, hozirda 100 mln rubllik firibgarlik ayblovi bilan tergov izolyatorida saqlanayotgan general-mayor Aleksandr Melnikov, şuningdek, general-mayor Sergey Juravlev, general-mayor Mixail Lixaçev, Aleksandr Yeremeyev, Maksim Maksimenko, Sergey Vlasov hamda Vladimir Dejkinlar bor. IIVning Qoraçoy-Çerkes Respublikasi, Tyumen viloyati böyiça boşqarmalari rahbarlari ham işdan olindi.
Putin hammasi bölib favqulodda vaziyatlar vazirligining 6 nafar, içki işlar vazirligining 4 va tergov qömitasining bir nafar generalini öz lavozimidan böşatdi.
Şuningdek, Putin bir qator yuqori lavozimlarga yangi tayinlovlarni amalga oşirdi.
Bundan taşqari, Rossiya prezidentining boşqa farmoni bilan içki işlar vazirligining 16 xodimiga general-mayor va general-leytenant unvonlari berildi.
Sunnatilla Abdullayev









