Kamerunlik 45 yoşli ayol birdaniga töqqiz nafar farzandni dunyoga keltirdi
Ayol bu borada dunyo rekordini takrorladi.
Kamerunda yaşovçi Antoniya Madu Obianuju bir vaqtning özida töqqizta bolani tuğdi. 45 yoşli ayol EKO usuli orqali homilador bölgan.
Antoniya olti nafar qiz va uç nafar öğilning onasi böldi. Ayol ultratovuş tekşiruvidan ötganidan keyin egizaklarni kutayotgan edi. Şu sababli töqqiz nafar farzandning tuğilişi kutilmagan voqea böldi. Obianujo sözlariga köra, sodir bölgan voqea uni «Xudo uçun imkonsiz narsa yöqligiga» işontirgan.
Bungaça Antoniya ikki farzandga ega edi: 14 yoşli egizaklar - öğil va qiz.
Mimi Mefo Info naşri maʼlumotlariga köra, Antoniya bir vaqtning özida töqqiz nafar çaqaloqni dunyoga keltirgan dunyodagi ikkinçi ayol böldi. Undan oldin Mali fuqarosi Halima Sisse 2021 yilda şunça bola tuğgan edi. Keyinçalik, u Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.









