Keça, 4 mart kuni Ukraina Qurolli kuçlari Rossiyaning uçta Su-25 hujumçi samolyoti va uçta vertolyotini yöq qildi. Bu haqda Ukraina harbiy-havo kuçlari qömondonligi maʼlum qildi.
“Rossiya bosqinçilari uçta “qoraqarğa”ni yöqotdi – Su-25 hujumçi samolyotlari şunday nomlanadi. Ulardan ikkitasi Çernigov viloyatida, biri esa Volnovaxa yaqinida. Bundan taşqari, bugun (keça) Rossiya bosqinçi qöşinlarining yana uçta vertolyoti sönggi parvozini amalga oşirdi”, deyiladi xabarda.

Şunday qilib, Ukraina Qurolli Kuçlarida qayd etilişiça, töqqiz kunlik uruş davomida Ukraina havo mudofaasi kamida 39 rus samolyoti va 40 vertolyotini yöq qilgan.









