Namanganlik ikki nafar öquvçi: biri 100 ming dollarlik grant sohibi, ikkinçisi birdaniga 7 ta oliygoh talabasi böliş huquqini qölga kiritdi

Namanganlik ikki nafar öquvçi: biri 100 ming dollarlik grant sohibi, ikkinçisi birdaniga 7 ta oliygoh talabasi böliş huquqini qölga kiritdi

Namangan viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi axborot xizmatining maʼlum qilişiç bugun Özbekiston yoşlari dunyoga böylamoqda, ajdodlariga munosib avlod ekanliklarini namoyon etişmoqda. Namangandagi Prezident maktabining 11-sinf öquvçisi Şuhrat Abdusalomov AQŞning Merrimack universitetida tahsil oliş uçun 100 ming AQŞ dollari miqdoridagi Prezident grantini qölga kiritdi.

Çust tumanidagi 49-IDUMning 11-sinf bitiruvçisi Doniyor Şukurjonov birdaniga 7 ta — Saint Xavier University, University of Maine, New England College, Mitchell College, American International College, Millikin University, Webster University oliygohlari talabasi böliş imkoniyatini qölga kiritdi.

Şuningdek, MUN global muammolar töğrisidagi onlayn konferentsiyasida öz taqdimoti bilan iştirok etib, kontrakt tölovi uçun 1000 yevro sohibi böldi. Qolaversa, Flex — Language Exchange Program'ning final bosqiçi natijalarini kutmoqda.

×