Özbekiston milliy jamoasining sobiq yarimhimoyaçilari Aziz Haydarov va Temur Kapadze faoliyatini ÖFA tizimida davom ettiradi.
Assotsiatsiya rasmiy saytiga köra, Haydarov ÖFA Terma jamoalar bölimida iş boşlamoqda. Unga turli yoşdagi barça terma jamoalar işini muvofiqlaştiriş vazifasi topşirilgan.
Kapadze esa ÖFAning selektsiya işlariga boş böladi.
Eslatib ötamiz, Aziz Haydarov yil boşidan buyon «Lokomotiv»da öynab kelayotgan, ötgan haftada futbolçilik faoliyatiga yakun yasagani eʼlon qilingan edi.
Temur Kapadze esa 2017 yil oxirida butsalarini mixga ilib, 2018 yil fevralida Özbekiston milliy jamoasiga vaqtinçalik boş murabbiy etib tayinlangan va termani 4 ta öyinda maydonga boşlab tuşgan edi. Öşa yil aprelida esa «Lokomotiv»da yordamçi murabbiy sifatida iş boşlagandi.









