Netflix Amir Temur haqida film suratga oldi

Netflix Amir Temur haqida film suratga oldi

Netflix striming platformasi Amir Temurning hayoti va hokimiyatdagi yölini hikoya qiluvçi tarixiy drama – “Temur: Sönggi ğolibning yuksalişi” nomli filmni suratga oliş işlarini töliq yakunladi. Bu haqda filmning Instagram sahifasida eʼlon qilindi.

Qayd etilişiça, uşbu asar buyuk sarkardaning şonli yuksaliş tarixini aniqlik va öşa davr muhitiga alohida eʼtibor bilan namoyon etadi.



“Biz mintaqaning eng muhim şaxslaridan biri hayotini aynan u yaşagan va jang qilgan yerda aks ettirdik. Bu suratga oliş jarayoni uçun bebaho imkoniyat böldi”, deya izoh bergan film mualliflari.



Maʼlumot uçun, uning rejissyori Jeykob Şvarts, stsenariy muallifi esa Metyu Grin. Amir Temur rolini amerikalik aktyor Kristian Mortensen, Amir Husaynni Maheş Jadu, Temurning rafiqasi Öljoy rolini esa Yulduz Rajabova ijro etgan.



Loyihaga 2022 yil oxirida start berilgan. Tasvirga oliş işlari Özbekiston va Qozoğistonda bölib ötgan. Hozirda film postprodakşn bosqiçida. Uning premerasi joriy yil yozining oxirida bölişi kutilmoqda.

×