Aziz Abduvaliyev Namangan viloyati hokimining matbuot kotibi—axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi etib tayinlandi

Aziz Abduvaliyev Namangan viloyati hokimining matbuot kotibi—axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi etib tayinlandi

Azizbek Abduvaliyev 1972 yilda Namangan şahrida tuğilgan. Toşkent davlat universiteti jurnalistika fakulteti va Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi - jurnalist, siyosatşunos.

Mehnat faoliyati davomida matbuot naşrlari, taʼlim muassasalari, matbaa korxonalarida masʼul vazifalarda işlagan. 2002-2007 yillarda Namangan viloyati hokimining matbuot kotibi bölgan.

Azizbek Abduvaliyev 2020 yil may oyidan beri Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati boş mutaxassisi bölib işlab kelayotgandi.

Maʼlumot uçun, hokimning matbuot kotibi axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçi sifatida lavozim va maqom jihatidan hokim örinbosari darajasiga tenglaştiriladi.

×