Isteʼdodli şoir, noşir va jurnalist Nosirjon Jamoliddinoviç Jörayev Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining ommaviy axborot vositalari bilan işlaş sektori mudiri etib tayinlandi.
Bu haqidagi xabarni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidagi “namangan24.uz” sayti manbasi tasdiqladi.
Maʼlumot örnida, Nosirjon Jamoliddinoviç Jörayev 1984 yil 22 may kuni Namangan tumani Şörqörğon qişloğida tuğilgan. Maʼlumoti oliy, mutaxassisligi jurnalist. 2005 yili Özbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi aʼzosi. Oilali, uç nafar farzandi bor.
Nosirjon Jörayev mehnat faoliyatini “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi tahririyatida boşlagan. U iş faoliyati davomida “Adib” naşriyoti, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, “Şarq” naşriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasida masʼul vazifalarida işlagan. 2019 yil 20 maydan buyon u poytaxtimizdagi Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijod uyi direktor örinbosari va boş muharriri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Qayd etiş joiz, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, isteʼdodli şoir va jurnalist Nosirjon Jörayev samarali ijodi orqali jamiyatimiz rivojiga qöşgan munosib hissasi uçun Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yili Toşkent şahridagi köpqavatli uylardan xonadon sovğa qilingan. 2018 yili esa Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan “Şuhrat” medali bilan taqdirlangan.
“Namangan24.uz” sayti jamoasi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining ommaviy axborot vositalari bilan işlaş sektori mudiri etib tayinlangan Nosirjon Jamoliddinoviç Jörayevga yangi masʼuliyatli vazifada mustahkam salomatlik, kuç-ğayrat, şijoat va ulkan zafarlar tilaydi.
Oqilxon Dadaboyev









