Qöqon pedagogika instituti prorektori va uç masʼul xodim işdan olindi

Qöqon pedagogika instituti prorektori va uç masʼul xodim işdan olindi

Qöqon pedagogika instituti yotoqxonasida yaşovçi talaba qizlarning xonasiga yaşirin kamera örnatilgani köplab muhokamalarga sabab böldi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga köra, bevosita jarayonda iştirok etib, xizmat vazifasini suisteʼmol qilgan 4 nafar masʼul xodim, jumladan, voqeada bevosita iştirok etgan prorektor egallab turgan lavozimidan ozod etildi va bir nafar mutaxassisga intizomiy jazo çorasi qöllanildi.

Şu örinda, voqea iştirokçisi bölgan qizlarning tazyiqsiz taʼlim olişlari kafolatlanadi, deyiladi vazirlik xabarida.

Huquq-tartibot organlari tomonidan tekşiruv işlari davom ettirilayotganini maʼlum qilingan. 


Teglar:
×