Namangan viloyati Çortoq tumanida 2020 yil 6 avgustda yöqolib qolgan 15 yoşli qiz 24 avgust kuni topildi. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar bergan.
15 yoşli qiz 6 avgust kuni soat 17:30 larda onasiga hamroh bölib tuman hokimligi binosiga borgan. Onasi bino içiga kirib ketganidan söng u heç bir sababsiz nomaʼlum tomonga ketib qaytib kelmagan.
Qiz ota-onasining ariza va körsatmalariga asosan viloyat IIB PPX va JTSB PPXB 4-otryad xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv va suriştiruv işlari natijasida 24 avgust kuni Namangan şahar 2-kiçik tumanida yurgani aniqlangan. U tegişli hujjatlar asosida ota-onasiga topşirildi, deyiladi xabarda.
Şuningdek, xabarga köra IIO xodimlari tomonidan qiz va uning ota-onasi bilan profilaktik suhbat ötkazilgan, voyaga yetmagan farzandlar harakatiga diqqat-eʼtiborni yanada oşiriş lozimligi tuşuntirilgan.
Avval Toşkent şahri Olmazor tumani, «Şifokor» mahallasida yaşagan 1994 yilda tuğilgan Iskandarova Mehribonu Töxtasin qizi 6 avgust soat 8:30 larda uyidan çiqib ketib, qaytib kelmagani va qidiruvga berilgani haqida xabar qilingan. Keyinçalik 11 avgustda Toşkent şahar IIBB ayolning topilgani, ahvoli yaxşiligi va xavotirga örin yöqligini maʼlum qilgan.









