Sakkiz yil avval bedarak yöqolgan 17 yaşar (öşa paytda) qizning daragi çiqdi. U qotillik qurboni bölgan ekan. Bu haqda «Xabar.uz»ga Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinov maʼlum qildi.
Voqelikka köra, 2012 yilning 9 sentyabr kuni 1995 yilda tuğilgan zangiotalik N.Ğ. «Eski Jöva» bozorida yöqolib qoladi. Qizning tösatdan ğoyib bölişi uning ruhiy nosoğlomligiga boğlangani bor gap. Biroq N. Ğ.ni T.Sanjar degan fuqaro nomaʼlum tomonga olib ketgani haqidagi (qizning yaqinlari aytgan) körsatmalardan kelib çiqilib, öşa paytdayoq unga (T.Sanjarga) nisbatan JK (Jinoyat kodeksi)ning 137-moddasi («Odam öğrilaş») bilan jinoyat işi qözğatiladi. Ammo ötkazilgan dastlabki tergov jarayonida gumondorni ayblaş uçun yetarli dalillar bölmagani uçun jinoyat işi harakatdan töxtatiladi.
Boş prokuratura masʼulining axborotidan jinoyat işi markaziy mahkama tomonidan nazorat tartibida örganilib (01.04.2020 y.), unda qotillik jinoyati alomatlari borligi eʼtiboridan «delo» JKning 137-moddasidan 97-moddasi («Odam öldiriş») 1-qismiga qayta malakalaş töğrisida qaror çiqarilguniça Şayxontohur tuman IIBda «dimiqib yotgani» anglaşiladi. Qaçonki jinoyat işi qayta malakalanib, tergov ötkaziş uçun tuman IIBdan Toşkent şahar prokuraturasiga ötkazilganidan söng nisbatan qisqa vaqtda sakkiz yil avval sodir etilgan jinoyat foş etiladi. Öta oğir jinoyatni esa avval gumondor tariqasida işga jalb etilib, biroq yetarli dalillar bölmagani uçun javobgarlikka tortilmagan T.Sanjar sodir etganiga nima deysiz?!
T.Sajar kim?
Aniqlanişiça, u 1984 yilda Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida tuğilgan. Yollanma ustaçilik bilan şuğullanib kelgan T.Sanjar 2009 yilda özidan qariyb 11 yoş katta zangiotalik N.U. (bedarak yöqolgan qizning onasi) bilan şaʼriy nikohdan ötib, birga yaşab kelgan. 2011 yilda bu yigit surxondaryolik qizga rasman uylanadi. Uning uylanişi «birinçi xotini» N. U.ga yoqmaydi, raşk tufayli örtada janjal kuçayişi oqibatida T.Sanjarning keyingi oilasi buzilib ketadi. Şunga qaramay, N.U. yigit bilan birga yaşaymaydi, aksinça, 2012 yilning aprelida işlaş uçun Turkiyaga ketadi.
Özini «jazman deb xotindan quruq qolgan»day his qilgan T.Sanjar esa buning uçun qasd olişni rejalaydi va N. U.ning 1995 yilda tuğilgan qizining ruhiy nosoğlomligidan foylanalib, uni aldov yöli bilan Parkent tumanidagi dala-hovliga (dala-hovli N. U.ga tegişli) olib boradi. Va öşa yerda uni çoyşab bilan böğib öldirgaç, murdasini mazkur xonadon yertölasiga kömib yuboradi.
T.Sanjarning körsatmalariga asosan voqea joyida tekşiriş tergov harakatlari ötkazilganda, darhaqiqat, u körsatgan manzildan inson suyaklari topildi...
Ayni paytda T.Sanjar qamoqqa olingan, tergov harakatlari olib borilmoqda.









